Foto: UzAirpots
Haddan tashqari sovuq tuman tufayli Andijon xalqaro aeroporti faoliyatini vaqtincha cheklab qoʻydi, deya xabar bermoqda "UzAirports" matbuot xizmati.
Andijondagi noqulay sharoitlar tufayli “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining HY049 (Andijon — Samarqand), HY050 (Samarqand — Andijon), HY092 (Andijon — Toshkent) yoʻlovchi reyslari bekor qilindi, deyiladi xabarda.
Yoʻlovchilarga aeroport rahbariyati tomonidan chipta pulini qaytarish jarayoni haqida maʼlumot berildi.
Andijon aeroporti maʼlumotlariga koʻra, oʻta sovuq tuman ertagacha davom etishi kutilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling