Foto: Repost.uz
Oʻzbekiston hududlarida joriy hafta oxirida havo harorati -24 darajaga tushishi kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 9-12-dekabr kunlari Oʻzbekiston hududining katta qismida anomal sovuq boʻlishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari -5...-10 daraja sovuq, kunduz kunlari 0...-5 daraja sovuq boʻlishi mumkin. Shuningdek, respublikaning shimolida va choʻl hududlarida kechalari -17...-22 daraja sovuq havo kuzatiladi.
Markazning maʼlum qilishicha, 9-10-dekabrda respublikaning baʼzi joylarida -24 daraja sovuq boʻladi, kunduz kunlari -4...-9 daraja sovuq saqlanib turadi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling