Foto: Mirror
Germaniyaning Myunxen aeroportida bojxona hodimlari yo'lovchi ayolning yuklari orasidan ikkita qovurilgan antilopani musodara qilishdi. Bu haqda "Mirror" nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, G'arbiy Afrikaning Gana shahridan bo'lgan ayol germaniyaning Myunxen shahriga qo'ngan va uning yuklari bojxona nazoratidan o'tkazilgan.
Foto: Mirror
Nazoratdan o'tkazish vaqtida uning sumkasidan ikkita qovurilgan antilopa topilgan.
Ma'lum qilinishicha, yo'lovchi uning mamlakatida antilopalar tansiq taom hisoblanishini, shuningdek, uzoq yo'lga otlanishdan oldin hayvonlarni yegulik sifatida tayyorlab olganini ta'kidlagan.
Ammo tartib qoidalarga ko'ra, bojxona hodimlari antilopalarni musodara qilishgan.
Myunxendagi bojxona shtab-kvartirasi vakili Tomas Meister o'z bayonotida bu g'ayrioddiy musodara bo'lganini ta'kidlagan.
foto: Mirror
Ma'lumot uchun, antilopalar noyob jonzot hisoblanadi. Dunyo bo'ylab noyob hayvonlarning go'shti savdosi noqonuniydir. Ammo Gana kabi mamlakatlarda undan muhim oziqlanish manbayi sifatida foydalaniladi. Antilopa go'shti kambag'al uy xo'jaliklari uchun yaxshi daromad manbaidir.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling