Qaysi yoshda o'zbekistonliklar ko'proq ajrashishmoqda?

Oʻtgan yili buzilgan nikohlar soni boʻyicha statistik maʼlumotlar eʼlon qilindi.

Foto: Open source

Foto: Open source

Prezident huzuridagi Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2022-yil yanvar-dekabr oylarida , ajralishlar soni 48,7 mingtani tashkil etdi.

Bu koʻrsatkich soʻnggi 5 yilda sezilarli darajada oshdi: 2018-yilga nisbatan ularning soni 16,4 mingtaga yoki 50,8 foizga oshgan.

Shaharlarda ajralishlar soni 30,2 mingtani, qishloq joylarda 8,5 mingtani tashkil etdi.

Ajrashgan erkaklarning oʻrtacha yoshi 39,2 yosh, ayollarniki 33,1 yosh. Ajralishlarning eng katta ulushi 35 yoshgacha boʻlgan yoshlarga toʻgʻri keladi, bu ularning umumiy sonining 50,5 foizini tashkil qiladi.

Nikohlarning 34,3 foizi farzandsiz, 41,9 foizi bir farzandli, 23,8 foizi ikki va undan ortiq farzandi boʻlgan er-xotinlarda buzilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling