Foto: RIA Novosti
AQSh va uning ittifoqchilari Ukraina hududiga ehtimoliy yadroviy zarbaga tayyorgarlik haqida xabardor bo'lib turish uchun Rossiya ustidan kuzatuvni kuchaytirdi. Bu haqda Politico xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Qo'shma Shtatlar Rossiyadagi harakatlarni tahlil qilish uchun tijorat sun'iy yo'ldoshlaridan foydalanadi.
Ma'lum qilinishicha, Rossiyaning ikki maqsadli qurol tizimlari va gipertovushli raketalari joylashgan Kaliningrad viloyatida AQSh razvedka samolyotlari kuzatilgan.
Xabarda aytilishicha, Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan beri Rossiya prezidenti Vladimir Putin va hukumat amaldorlari Rossiya yadro qurolidan foydalanishi mumkinligiga qayta-qayta ishora qilishgan.
"Biz buni diqqat bilan kuzatyapmiz”, — deydi Rossiya yadroviy kuchlari haqidagi razvedka ma’lumotlariga ega bo‘lgan AQSh hukumati amaldori.
Ma'lumotlarga qaraganda, kuzatuv havoda, kosmosda va kiberkosmosda amalga oshirilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling