Foto: Prokuratura Departamenti
Toshkent viloyatida 30 ming dollar evaziga chet davlatga chiqish huquqini beruvchi hujjatni tayyorlab berishni vaʼda qilgan shaxs qoʻlga olindi. Bu haqda Prokuratura Departamenti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yuqorichirchiq tuman boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Tekshiruvlar davomida, ushbu tumanda yashovchi fuqaro boshqa bir fuqaroning ishonchiga kirib, Amerika Qoʻshma Shtatlari elchixonasida ishlovchi tanishi orqali 30 ming dollar evaziga AQSH VISAʼsini tayyorlab berishini aytgan.
Shundan soʻng, ushbu fuqaro kelishilgan puldan 10 ming dollarini olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling