JCH-2022. Kutilmaganda Yaponiya Germaniyani mag'lub etdi, Marokash-Xorvatiya uchrashuvida esa hisob ochilmadi

Germaniya ketma-ket ikkinchi jahon chempionatini mag'lubiyat bilan boshladi

Foto: Yandex

Foto: Yandex

JCH-2022 1-turidan oʻrin olgan Germaniya - Yaponiya uchrashuvida yaponlar nemislarni mag'lub etishdi. 

Dastlab Germaniya penaltidan gol urib hisobda oldinga chiqib oldi. Biroq ikkinchi bo'limda bir nechta o'zgartirishlardan so'ng yaponiyaliklar "comeback" qilishga erishdi.

Germaniya 2018-yilgi jahon chempionatida ham 1-turni Meksikaga yutqazib boshlangandi.

Germaniya – Yaponiya 1:2

18:00, “Xalifa Interneyshnl” stadioni

Bosh hakam: Ivan Barton (Santa-Ana, Salvador);

Germaniya: 1.Manuel Noyer, 2.Antonio Ryudiger, 3.David Raum, 15.Niklas Zyule, 23.Niko Shlotterbek, 6.Yosua Kimmix, 10.Serj Gnabri, 13.Tomas Myuller, 14.Jamal Musiala, 21.Ilkay Gyundogan, 7.Kay Xavers.

Yaponiya: 12.Shuichi Gonda, 4.Kou Itakura, 5.Yuto Nagatomo, 19.Xiroki Sakai, 22.Maya Yoshida, 6.Vataru Endo, 11.Takefusa Kubo, 14.Junya Ito, 15.Daichi Kamada, 17.Ao Tanaka, 25.Daizen Maeda.

JCH-2022 1-turi doirasidagi Marokash – Xorvatiya uchrashuvida esa hisob ochilmadi.

Foto: Google source

Foto: Google source

Marokash - Xorvatiya 0:0

15:00. “Al Bayt” stadioni

Marokash – Yassin Bunu, Ashraf Xakimi, Nayef Agerd, Romen Saiss, Nussair Mazraui (Yaxya Attyat-Alla, 60), Azzedin Unai (Abdelxamid Sabiri, 82), Sofyan Amrabat, Selim Amalla, Xakim Ziyesh, Yussef En-Nesiri (Abderrazak Xamdalla, 82), Sofyan Bufal (Ez Abde).

Zaxira: Munir Moxamedi, Axmed Reda Tanyauti, Djavad El-Yamik, Ashraf Dari, Badr Banun, Anass Zaruri, Bilal El-Xannus, Yaxya Jabran, Ilyas Shair, Zakariya Abuxlyal, Valid Sheddira. Murabbiy: Valid Regragui

Xorvatiya – Livakovich, Yuranovich, Lovren, Gvardiol, Sosa, Modrich, Brozovich, Kovachich (Lovro Mayer, 79), Vlashich (Mario Pashalich, 46), Perishich, Kramarich (Marko Livaya, 71).

Zaxira: Ivo Grbich, Ivitsa Ivushich, Yosip Stanishich, Borna Barishich, Martin Erlich, Domagoy Vida, Yosip Shutalo, Kristian Yakich, Luka Suchich, Bruno Petkovich, Ante Budimir, Mislav Orshich. Murabbiy: Zlatko Dalich

Ogohlantirish: Amrabat (78).

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar