Foto: Repost.uz
Qoraqalpogʻistonning Qoʻngʻirot tumanidagi “Raushan” mini meteorologik stansiyada -23 darajalik sovuq harorat kuzatilmoqda. Bu haqda "O'zgidromet" xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, shamol 4 m/s tezlikka ega, havo harorati esa -23,4 darajali sovuqni tashkil qilmoqda.

Foto: Telegram
Oʻzgidromet xabariga koʻra, 9-dekabr kuni Oʻzbekiston boʻyicha baʼzi joylarda qor yogʻadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi.
Yoʻllarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 0-5° sovuq, shimolda va choʻl xududlarda 4-9° sovuq boʻladi.
Toshkent shahrida vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi, tuman tushadi. Yoʻllarda yaxmalak kuzatiladi. Kunduzi harorat 3-5° sovuq boʻladi.
Togʻ oldi va togʻli hududlarida vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻlishi mumkin. Harorat 4-9° sovuq boʻladi.