Namanganda fuqaro tulki bolasini itlarga yem qildi

Ushbu shaxs shu kungacha noqonuniy it urishtirishda qatnashib kelgan

Foto: t.me/ekologuz

Foto: t.me/ekologuz

Namangan viloyatida fuqaro ikkita itini daladagi tulki bolasiga qayragan, oqibatda itlar tulkichani g‘ajib tashlagan. Bu haqda Telegram’dagi “Ekologuz” kanali xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur shaxs itlarini qonun bilan taqiqlangan it urishtirishga qatnashtirib keladi.

“U Telegram’dagi guruhlarda aynan ana shu itlarni urushtirishdan qonli lavhalarni tarqatib kelmoqda. Umid qilamizki, mutasaddilar mazkur holatni bartaraf etib, Yahyobek ismli shaxs qonun doirasida javobgarlikka tortiladi, degan umiddamiz”, — deyiladi xabarda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling