Foto: Tez News
Oʻzbekiston boʻylab 30-noyabr kuni 154 nafar fuqaroda koronavirus bilan kasallanish qayd etildi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
— 1 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida,
— 1 nafari Andijon viloyatida,
— 9 nafari Buxoro viloyatida,
— 8 nafari Jizzax viloyatida,
— 4 nafari Qashqadaryo viloyatida,
— 7 nafari Namangan viloyatida,
— 10 nafari Samarqand viloyatida,
— 3 nafari Sirdaryo viloyatida,
— 9 nafari Surxondaryo viloyatida,
— 5 nafari Fargʻona viloyatida,
— 3 nafari Xorazm viloyatida,
— 15 nafari Toshkent viloyatida,
— 79 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida qayd etilgan.
Avvalroq, Oʻzbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni yana ortishni boshlagani va bir kun davomida 140 dan ortiq holatlarda virus bilan kasallanish qayd etilgani haqida xabar berilgan edi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling