28-noyabr kuni Toshkent hamda vodiy viloyatlarida zilzila qayd etildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, Toshkent vaqti bilan 00:58 da (27.11.2022-yil, Grinvich boʻyicha 19:58 da) Xitoyda zilzila sodir boʻldi. Zilzila koordinatalari: 39,94 gradus shimoliy kenglik; 74,52 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,2. Chuqurlik 10 km. Zilzila episentri Toshkentdan 471 km janubi-sharqda.

Foto: smrm.uz
Oʻzbekiston hududida sezilish kuchi:
— Andijon viloyatida 3 ball, 206 km;
— Fargʻona viloyatida 3 ball, 238 km;
— Namangan viloyatida 2-3 ball, 268 km;
— Toshkent viloyatida 2 ball, 454 km.