Foto: Teznews
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga qoʻshimcha kiritish haqida»gi qonun loyihasi joylashtirildi.
Unda qayd etilishicha, Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishning soddalashtirilgan tartibi chet davlati fuqarosi boʻlgan yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs tomonidan Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalariga kamida 1 mln dollar ekvivalentida sarmoya kiritgan jismoniy shaxsga yoxud taniqli olim, sportchi, madaniyat va sanʼat arbobiga nisbatan tadbiq etiladi.
Qonunda taklif etilayotgan yangi norma davlatning investitsiyaviy jozibadorligi oshirishga, respublika investitsiya muhitida boʻlayotgan ijobiy oʻzgarishlarga xalqaro ishbilarmonlar hamjamiyatining eʼtiborini jalb qilishga va xalqaro maydonda mamlakat nufuzini oshirishga xizmat qiladi.
Xabarda aytilishicha, qonunda katta hajmda toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya kiritgan xorijiy sarmoyadorlarga Oʻzbekiston fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda berish nazarda tutiladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling