Fargʻonada qarzini to'lamagan shaxsning uchta MAN rusumli mashinasi olib qo'yildi

Hozirda ushbu xatlangan mulkni auksion savdolarga qoʻyish choralari koʻrilmoqda

Foto: MIB<br>

Foto: MIB

Fargʻona viloyati Buvayda tumanida 2,5 mlrd soʻm kredit qarzini toʻlamagan shaxsning uchta MAN rusumli mashinasi olib qoʻyildi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Buvayda tumani boʻlimi ish yurituvida boʻlgan Qoʻqon tumanlararo iqtisodiy sudining 30-maydagi ijro hujjatiga asosan qarzdor “R.T.T.” MCHJdan undiruvchi ATB “Agrobank” Buvayda tuman filiali foydasiga qariyb 2,5 mlrd soʻm kredit qarzini undirish belgilangan.

Shuningdek, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga sud qarorini ijrosini taʼminlash yuzasidan ixtiyoriy muddat berilgan.

Xabarga koʻra, qarzdor ixtiyoriy muddat ichida sud qarorini ijrosini taʼminlash chorasini koʻrmagan. Shu bois, qarzdorga tegishli boʻlgan uch dona “MAN TGX 18440” avtotransport vositalari 10-noyabr kuni aniqlanib xatlangan va jarima maydoniga olib kirilgan.

Hozirda ushbu xatlangan mulkni auksion savdolarga qoʻyish choralari koʻrilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling