Foto: e-auksion.uz
Toshkent markazida joylashgan AKT vazirligi binosi xususiylashtirish maqsadida auksionga qoʻyildi. Maʼlumotlar Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan taqdim etilgan.
Savdo uchun asos sifatida tegishli buyurtma qabul qilingan. Dastlabki bahosi 66 mlrd 527 mln soʻm boʻlib, depozit esa 3 mlrd 326 mln soʻmni tashkil etadi.
Bino 2012-yilda qurilgan boʻlib, u Amir Temur maydoni yaqinida joylashgan. Yer uchastkasining umumiy maydoni 0,2644 ga. Bino va inshootlarning umumiy egallagan maydoni 3666 kv.mdan iborat.
Qayd etilishicha, investitsiyalar hajmi va yaratiladigan ish oʻrinlari koʻrsatilmagan. Shuningdek, investitsiya majburiyatlarini bajarish muddatlari belgilanmagan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling