Farg'onada 8 yoshli farzandini 15 ming dollardan ko'proq pulga sotishga uringan ona ushlandi

Holat yuzasidan JKning tegishli moddalari tartibida oʻrganish ishlari olib borilyapti

Foto: Videodan kadr

Foto: Videodan kadr

Fargʻonalik ayol oʻz farzandini sotayotgan vaqtda qoʻlga olindi. Bu haqda "Bu kun” dasturida maʼlum qilindi.

Aniqlanishicha, uzoq yillar davomida xorijda ishlab kelayotgan ayol 8 yoshli farzandini 15 ming 400 dollarga sotayotgan vaqtda ushlangan.

Gumonlanuvchi ayol “Xorijda ishlagan pullarimni dugonamga yuborgandim, ayni vaqtda ularni qaytarib oldim”,- degan sababni keltirgan.

Oʻtkazilgan tezkor tadbirlardan avvalgi audio yozuvlari bilan ushbu fikrlari bir-birini inkor etgan. DXX va Bosh prokuratura xodimlari tomonidan fuqaro arizasi asosida oʻtkazilgan tezkor tadbirda ayol Fargʻona tumanidagi ovqatlanish shahobchalaridan birida bolasi uchun talab qilingan pulning 10 ming AQSH dollarini oldindan “avans” sifatida olib, farzandini maxsus xaridorga berayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan JKning tegishli moddalari tartibida oʻrganish ishlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling