Avgust oyida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishlar natijasida tizimga 86,5 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan. Bu haqda O‘zenergoinspeksiya xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, so‘nggi bir oyda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida isteʼmolchilar tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan 179 ta holat aniqlandi.
Unga ko‘ra, 36,8 mln kVt soat elektr (58,9 mlrd so‘m) va 8,7 mln metr kub tabiiy gaz (27,5 mlrd so‘m) talon-toroj qilingan.
Huquqbuzarliklar bo‘yicha 476 ta ma‘muriy ish rasmiylashtirilgan.