Foto: Videodan lavha
Andijon viloyatida yoʻlovchi avtobusi va yuk mashinasi toʻqnashib ketdi. Bu haqda Andijon viloyati Ichki ishlar boʻlimi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, voqea 26-noyabr kuni Andijon viloyati Boʻston tumanida sodir boʻlgan. Unga koʻra, Isuzu avtobus haydovchisi qarama-qarshi yoʻlga chiqib ketib, yuk mashina bilan toʻqnashgan. Oqibatda, avtobus ichida boʻlgan 2 nafar yoʻlovchi voqea joyida halok boʻlgna. Qolgan yoʻlovchilar tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling