Videodan lavha
Toshkent shahrida IIV rahbari boshchiligidagi ishchi guruh Yunusobod tumanidagi 8-son avtobuslar saroyiga tashrif buyurgan. U yerda ishchi guruh aʼzolari hamda jamoatchilik faollari oʻrtasida suhbat oʻtkazilgan.
Muloqot davomida ishchi guruh rahbari Toshkent shahrida jamoat transporti tizimidagi muammolarni bartaraf etish orqali aholiga qulay transport xizmat koʻrsatishini tashkil etish maqsadida bajaralidagan ishlar haqida gapirgan.
“Mana, hozir Toshkentda juda koʻp shaxsiy mashina boʻlib ketdi. Tirbandliklarni koʻryapsizlar, ertalab soat 08:00 dan -10:00 gacha, kechqurun ishdan qaytishda umuman yurib boʻlmay qoldi. Odamlar oʻzining mashinasidan koʻra, jamoat transportiga minsa, shunda manzilga tezroq boraman, xavfsiz boraman, deb bilsa, albatta, mana shu tirbandliklar ham kamayadi. Yaʼni manziliga shaxsiy mashinasida emas, balki jamoat transportida, avtobuslarda boradi”, — dedi Poʻlat Bobojonov.
Muloqotdan soʻng ishchi guruh va jamoatchilik vakillari Yunusobod tumanidagi bekatlarga borib, fuqarolarning transport borasidagi fikrlari bilan tanishgan.
Reportajda taʼkidlanishicha, masʼullar aholining eʼtirozlari qanchalik haqiqatligini koʻrish va tekshirish uchun turli yoʻnalishdagi avtobuslarga chiqib, jarayonlarni oʻrgangan, fuqarolar bilan suhbatlashgan. Shundan keyin “Chorsu” metro bekatiga ham tushilib, u yerdagi faoliyat bilan tanishilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling