Toshkentga yangi avtobuslar olib kelindi

Ichki ishlar vazirligi oʻz tasarrufidagi 30 ta "Isuzu" rusumli avtobusni avtoparklarga berdi

Foto: Telegram

Foto: Telegram

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-dekabr kuni poytaxtdagi 18-sonli avtobazada boʻlib, yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish boʻyicha navbatdagi topshiriqlarni bergan, jamoat transporti muammolarini hal etish boʻyicha idoralararo tezkor shtab tuzilgan edi.

Shundan so'ng, avtoparklardagi harakat tarkiblarini taʼmirlash tezkorlik bilan boshlandi.

Shaharga 20 dona "MAN A22" rusumli katta sigʻimli avtobus, 15-dekabrda esa 100 dona kichik sigʻimli "Isuzu" (SAZ HC40) avtobusi keltirildi.

Prezidentning 2017-yil 1-dekabrdagi qarorida esa Oʻzbekistonda 2018-yilning mart oyidan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun moslashtirilmagan shahar yoʻlovchi transporti vositalarini xarid qilish taqiqlangan edi. Isuzu midibuslari nafaqat nogironlar, balki umuman harakatlanish imkoniyati cheklangan barcha kishilar uchun ham moslashtirilmagan.

Foto: Toshkent Transport boshqarmasi

Foto: Toshkent Transport boshqarmasi

15-dekabrdan shahar atrofiga qatnaydigan 190-sonli "Isuzu" avtobuslari (LE 60) 10 ta "MAN RR3" avtbuslariga almashtirildi, Isuzuʻlar esa boshqa yoʻnalishlarga oʻtkazildi.

15-dekabrdan boshlab 181-sonli yoʻnalishga 8 ta, 120- sonli yoʻnalishga 3 ta va E-1 tezkor yoʻnalishga 5 ta "Yutong" rusumli “Oʻzavtotransservis” avtobuslari jalb etildi.

Amalga oshirilgan ishlar natijalariga koʻra, 15-dekabr holatiga avvalgi kunga nisbatan 75 ta koʻp, yaʼni 944 ta avtobus yoʻnalishga chiqarildi. 16-dekabr kuni esa 1000 ta avtobusni yoʻnalishga chiqarish rejalashtirilgan.

Tezkor shtab tarkibiga Ichki ishlar vazirligi va uning Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati, shuningdek, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari vakillari kiritilgan.

Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi oʻz tasarrufidagi 30 ta "Isuzu" rusumli avtobusni avtoparklarga ajratdi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling