Joriy yilning 12-avgust kuni 49 yoshlik O'zbekiston fuqarosi Rossiyaning murino shahrida avtohalokatga uchradi. Bu haqda rus nashrlari huquq-tartibot idoralariga tayanib xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ushbu baxtsiz hodisa Murino shahridagi Yekaterinskaya ko'chasida "Grenlandiya" turar-joy majmuasi yaqinida sodir bo'lgan. Migrant piyodalar o'tish joyi bo'lmagan yerdan yo'lni kesib o'tayotganda, Nissan rusumli avtomobil uni urib ketgan.
Ma'lumotlarga qaraganda, avtomobil haydovchisi voqea joyidan qochib ketgan.
Jabrlanuvchi olgan jarohatlari natijasida vafot etgan. Avtohalokat sodir etgan shaxs qo'lga olingan va izolyatorga joylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan, "yo‘l harakati qoidalari va transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish"moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo'zg'atilgan.
Ma'lum bo'lishicha, haydovchi bir yil davomida yo'l harakati qoidalarini buzganligi uchun to'rt marta javobgarlikka tortilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling