O'zbekistonda har yili qariyb 15 million tonna qattiq maishiy chiqindi to'planadi

Aholi o'sishi hisobga olinsa, ushbu ko'rsatkichlar bir necha barobarga o'sishi mumkin

Foto: depositphotos

Foto: depositphotos

O‘zbekistonda yillik qattiq maishiy chiqindilarni hosil qilish hajmi 14-14,5 mln tonnani tashkil etyapti. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, aholi sonining o‘rtacha 1,5 foizga o‘sish sur’atini hisobga olinadigan bo'lsa, ushbu ko‘rsatkich 2028-yilga borib 16-16,7 million tonnaga yetishi mumkin.

"Mamlakatimizda chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish masalasi butun dunyoda bo‘lgani kabi dolzarb hisoblanadi. Ularning shakllanishi ko'plab omillarga bog'liq bo'lib, ulardan ko'roq ahamiyatga egalari aholi daromadlari, iste'molchilarning xatti-harakatlari, bozorda yangi qadoqlangan mahsulotlarning paydo bo'lishi, demografik ko'rsatkichlar" , —deyiladi xabar matnida.

Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ma'lumotiga ko'ra, har yili dunyoda 12 milliondan ortiq kishi atrof-muhit ifloslanishi tufayli kelib chiqayotgan global ekologik muammolardan vafot etmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling