Foto: Xabar 24
Namanganda beshinchi sinf o'quvchisi Lacetti urib yuborishi oqibatida halok bo'ldi. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 14-sentyabr kuni soat tahminan 10:40 lar atrofida Namangan viloyatining Mingbuloq tumani Chordona mahallasi hududidan o‘tuvchi "Baliqchi-Mingbuloq-Nayman-Pungon" yo'lida yo'l-transport hodisasi sodir bo'lgan.
Ma'lum qilinishicha, Chordona mahallasida yashovchi fuqaro Lacetti'da yuqori tezlikda kelib, yo'lning belgilanmagan qismidan yugurib o'tayotgan 11 yoshli qizchani urib yuborgan.
Xabarda aytilishicha, qizcha olgan tan-jarohatlari oqibatida tuman markaziy shifoxonasining jonlantirish bo'limida vafot etgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling