Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi belgilanmagan hududga nomaʼlum shaxslar tomonidan oʻlgan tovuqlar bilan toʻldirilgan qoplar tashlab ketildi. Bu haqda "Nova 24" xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, oʻlik tovuqlar tashlab ketilishi oqibatida chiqayotgan badboʻy hid mahalliy aholining eʼtirozlariga sabab boʻlgan.
Guvohlarning soʻzlariga koʻra, tashlab ketilgan tovuqlarning miqdori qariyb ikki tonnani tashkil qiladi.
Xabarga koʻra, tumanda bir nechta parrandachilik korxonalari mavjud. Ammo, mazkur holatni aynan kim sodir etgani, shuningdek, tovuqlarning nima sababdan nobud boʻlgani haqida hozircha maʼlumot yoʻq.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling