Jizzaxda 22 yoshli yigit ayoli va farzandini o'ldirib, jasadlarni yoqib yubordi — video

Yigit va 29 yoshli bundan 5 yil avval tanishib, yashirincha sharʼiy nikoh bilan yashab kelishgan

Foto: Videodan lavha

Foto: Videodan lavha

Jizzax viloyatida 22 yoshli yigit oʻzining ayoli va besh yoshli oʻgʻlini oʻldirib, ularni jasadini yoqib yubordi. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Jizzax viloyati Gʻallaorol tumani Ichki ishlar boʻlimi navbatchilik qismiga qirlikdan bir ayol va bir bolaning yongan jasadi topilgani haqida murojaat kelib tushgan.

Mazkur qoʻngʻiroqdan soʻng tezkor tergov guruhi voqea joyiga yetib borgan.

Xabarga koʻra, voqea Jizzax viloyati Gʻallaorol tumani Zargar qishlogʻidan oʻtgan Toshkent – Termiz avtomobil yoʻlining yoqasidagi qirlikda sodir boʻlgan.

Maʼlum qilinishicha, Buxoro viloyatida 22 yoshli yigit va 29 yoshli ayol bundan 5 yil avval tanishib, yashirincha sharʼiy nikoh bilan yashab kelishgan. 2017-yilda bir nafar farzandli ham boʻlishgan.

Xabarga koʻra, kuz boshida ayol yana homilador boʻlib qolgan. Yigit Toshkentga ishlagani ketgan vaqtida ayol yigitning otasiga qoʻngʻiroq qilib, bor gapni aytib bergan. Shundan soʻng, ayol farzandini olib, Toshkentga yigitning yoniga borgan.

Ular uch kundan soʻng Buxoroga qaytayotgan vaqtida Jizzax viloyati Gʻallaorol tumani Zargar qishlogʻidagi baland qirliklar orasida tushib qolishgan. Oʻsha yerda erkak ayolni xiyonatda ayblashi natijasida oʻzaro janjal yuzaga kelgan.

Tortishuv vaqti yigit ayolning yuziga tarsaki tushirgan, ayol esa uning boshiga tosh bilan urgan. Shundan soʻng ayol oʻzini tepalikdan tashlamoqchi boʻlgan, yigit uni toʻxtatib, bola uxlab yotgan joydan sal yuqoriroqqa sudrab olib borgan. Yigit ayolni qirning tepasiga olib chiqib, soch quritgich bilan boʻgʻib oʻldirgan.

Bu vaqtda voqea joyiga uning farzandi kelib qolgan. Yigit bolani koʻtarib olib ketishga uringan, biroq bola onasi bilan qolishini aytib yigʻlagan. Shundan keyin erkak farzandini sumka tasmasi bilan boʻgʻib oʻldirgan. Soʻng yigit qilgan jinoyatini yashirish maqsadida jasadlarni yoqib yuborgan.

Shundan soʻng u atrofdan kelayotgan itlar ovozini eshitib, kimgadir duch kelib qolmaslik uchun kelgan izidan ortga qaytgan va yoʻlovchi mashinaga chiqib, uyiga Buxoroga ketgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling