Muqaddas Sa'dullayeva ajralish arafasida turgan ayollarga maslahat berdi

U ayollar oilani saqlab qolishga harakat qilishlari kerakligini taʼkidlagan

Foto: Instagram<br>

Foto: Instagram

2022-yilning avgust oyida ijtimoiy tarmoqlarda sanʼatkorlardan iborat oila Muqaddas Saʼdullayeva va Yigitali Mamadjonov ajralish arafasida ekani haqida mish-mishlar tarqalgan edi.

Xabarlarga koʻra, vaziyat er-xotinning Instagramda bir-birini kuzatishdan chiqqani bilan yomonlashgan. Mish-mishlardan soʻng, aktrisa eri bilan birga yashagan boʻsh uyning videosini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga joylagan edi.

Shundan soʻng, bir muddat oʻtib Yigitali Mamajonov turmush oʻrtogʻi bilan yarashgani haqida maʼlum qilib, rafiqasi va farzandlari bilan birga tushgan suratlarini Instagram sahifasiga joylagan edi.

Kuni kecha aktrisa oilaviy hayot haqida va ajrashish arafasidagi ayollarga maslahatlar keltirilgan postini eʼlon qildi.

“Avvalo, ayollar oilani saqlab qolishga harakat qilishlari kerak. Bu borada erkaklar har doim oson boʻlgan. Agar men oilamizda hamma narsa tugadi deb oʻylasam, shunday boʻlardi. Bolalarni oilaviy baxtdan mahrum qilmang. Agar hayotingizda burilish nuqtasi boʻlgan boʻlsa, uni yengish uchun oʻzingizda kuch topishga harakat qiling”, — deydi u.

Muqaddas Saʼdullayevaning qoʻshimcha qilishicha, ayollar taslim boʻlmasligi kerak, chunki ular baxtga loyiqdir.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling