Bugun O‘zbekistonning “Malika” savdo majmuida yangi iPhone 14, 14 Pro smartfonlari sotuvi boshlandi. Bu haqda Repost.uz muxbiri xabar bermoqda.

Sotuvchilardan birining so'zlariga qaraganda, bozorga tahminan 40 donadan iborat kichik partiya olib kelingan.

Ma'lum qilinishicha, ertalabda qora va asosiy konfiguratsiyadagi iPhone 14 Pro narxi 2200 dollargacha yetgan, kunning ikkinchi yarmida esa uning narxlari 1800 dollargacha tushgan.

Ma'lumot uchun, bugun butun dunyo bo'ylab yangi iPhone liniyasining rasmiy sotuvi boshlandi.
