O'zbekistonda dam olish kunlari havo harorati 13 daraja iliq bo'lishi kutilmoqda

Dam olish kunlari kechasi va ertalab respublikaning ayrim hududlariga tuman tushishi mumkin

Foto: Repost.uz<br>

Foto: Repost.uz

Respublika hududlari boʻylab dam olish kunlari havo harorati 13 daraja iliq boʻlishi kutilmoqda. Bu haqda Oʻzgidrometeorologiya xizmati markazi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bugun, 23-dekabr kuni Oʻzbekiston hududida sovuq antitsiklon taʼsiri saqlanib turadi. Respublika boʻyicha havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Fargʻona vodiysining ayrim hududlarida kuchsiz qor yogʻishi mumkin. Havo harorati +2...+7 daraja iliq, respublika shimolida -3 daraja sovuq +2 daraja iliq atrofida boʻladi.

Dam olish kunlari respublikaning barcha hududlarida quruq va asosan kam bulutli ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Kechasi va ertalab respublikaning ayrim hududlariga tuman tushishi mumkin.

24-dekabr kuni Oʻzbekiston boʻyicha sovuq havo massasining taʼsiri saqlanib turadi, 25-dekabrkuni esa respublika hududidan sovuq havo chekina boshlaydi va kunduz kuni havo +7...+10 daraja iliqgacha, janubda +11...+13 daraja iliqgacha isiydi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling