Qashqadaryoda 27—sentyabr kuni 38 yoshli ayolni poyezd urib yubordi.
Ma'lum qilinishicha, tong saharda ayol o'zi istiqomat qiluvchi uyi yaqinidagi temir yo'lga chiqib borganida, yuk poyezdi uni urib yuborgan.
Ayolning oila a'zolarini ta'kidlashicha, u tongda, hamma uxlab yotganida uydan chiqib ketgan.
Yuz bergan voqeadan so'ng, ayol o'z joniga qasd qilgani haqidagi turli mish-mishlar tarqalgan. Ammo mahalla mas'ullari bu mish-mishlarga qo'shilmagan.
Xabar qilinishicha, ushbu hodisadan oldinroq ayol hokim yordamchisining tavsiyanomasi bilan 30 million so'm kredit olgan. U bu pullarni zotdor qo'ylar sotib olishga sarflagan.
"Marhuma tadbirkorlik borasidagin qilayotgan ishlaridan judayam minnatdor bo'lib gapirgandi", — deydi mahalla mas'ullaridan biri.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling