Prezident farmoni bilan Aziz Toshpo‘latov ichki ishlar vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Bunga qadar u Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Ilgariroq A.Toshpo‘latov nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan maʼqullangan edi.
Shu bilan birga, Po‘lat Bobojonov Ichki ishlar vaziri lavozimidan ozod etildi.