Aziza Buxoroda o'sgan, hozirda 24 yoshda, oliy ma'lumotga ega, iqtisodchi-menejer sifatida o'qigan, biroq o'z mutaxassisligi bo'yicha faoliyatini davom ettirmagan, chunki bolaligidan o'zini ijod odami ekanligini anglagan. Model yoshligidan raqsga tushishni yoqtirgan, musiqa maktabida o'qigan. Pianinoni yaxshi chala oladi.
Ayni paytda Aziza yoga o'qituvchisi, musiqachi, aktrisa va moda modeli sifatida karerasini davom ettirmoqda. Bundan tashqari, u o'zining blogini yuritadi, garchi bu hayotining muhim bo'lagi hisoblanmasa ham.
Aziza modelikka qanday kirib kelgan
Mening modellik faoliyatim juda qiziqarli voqea bilan bog'liq. Men modellik maktabida o'qimaganman. Hammasi 2016-yilda Buxoroda boshlangan. Dugonam bilan go'zallik saloniga borganimda, pardozchi ularga yangi imij kerakligini va menga 50 ming so'm to'lashga tayyorligini aytgan. U menga fotosuratlarim reklama bannerlariga joylashtirilishini tushuntirishgan va men bunga rozi bo'lganman. Men salondagi fotograf bilan ishladim, u Instagram'ga rasmlarni joylashtirgan.Shunday qilib bu sohadadagi birinchi ishim boshlangan. Keyinchalik men YouTube'dan videodarslarni o'rgandim va shunchaki oyna oldida suratga tushdim.
Brendlar uchun suratga olishdan tashqari, Tojikistondagi Parvoz nashrining muqovasida ham Azizaning rasmi chop etilgan, bu jurnal uchun uning birinchi ishi edi. Modelning so'zlariga ko'ra, u Buxoroda sayyohlar uchun milliy raqslar ijro etadigan Buxoro ansamblining a'zosi bo'lgan. Chiqishlarning birida Tojikiston delegatsiyasi ham mehmonlar orasida bo'lgan. Jamoa chiqishidan so'ng fotograf kiyinish xonasiga kirib, Azizaga jurnal uchun suratga olishni taklif qilgan.
O'sha kuni juda ham xavotirda edim, biroq xohishim bundan ancha yuqori bo'lganligi sababli darhol rozi bo'lganman. Jurnalning nusxasini olganimda, davom etishim kerakligini tushungandim.
Filmdagi birinchi ishim 2015-yilda bo'lgan. Men Baxodir Zokirovning (Farrux Zokirovning ukasi) hujjatli filmida rol o'ynadim. Keyin o'sha yili xalqaro loyiha bo'lib o'tdi, Ilhom teatri direktori men raqsga tushgan "Оташкада" spektaklini sahnalashtirgan. Bu Shveysariya elchixonasi tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan juda katta loyiha edi. Shundan keyin "Visit Uzbekistan" jurnalining muqovasida paydo bo'ldim.
Aziza boshqalarga, o'z yo'lingizni qaysi sohada boshlashingizdan qat'iy nazar hech narsadan qo'rqmaslikni maslahat beradi.
Muammolar tufayli taslim bo'lmang. Xato qilish odatiy hol. Boshqalarning so'zlariga e'tibor bermang. Hayotdagi muvaffaqiyat to'g'ri va noto'g'ri qarorlardan kelib chiqadi. Boring va qiling. Qanday bo'lmasin, ertami yoki kech baribir muvaffaqiyat qozonasiz, — deydi aktrisa.
Aziza "Qanday jahon brendining yuzi bo'lishni xohlaysiz" degan savolga: "Men qimmatbaho parfyumeriya reklamalarida ishtirok etishni hohlayman. Ular qaysi brendga tegishli ekanligi muhim emas, bu haqda uzoq vaqtdan beri orzu qilaman. Yonimda Gollivudning mashhur aktyorini ko'rish zavqli bo'lar edi", — deb javob berdi.
Keyingi bir necha yil ichida Aziza o'zining yoga va raqs maktabini ochishni va mualliflik qo'shiqlarini chiqarishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, u o'zini sog'lom va eng muhimi, oila qurgan baxtli ayol sifatida ko'rishni xohlaydi. U ijodiy faoliyatini davom ettirishni, Gollivud filmida ishtirok etishni va boshpanasiz uysiz hayvonlarga yordam berishni xohlaydi. Azizaga o'z maqsadlarini amalga oshirishda omad tilaymiz.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling