Oʻzbekistonning qaysi hududida birinchi sinf oʻquvchilari koʻpligi aytildi — statistika

Qabul qilingan oʻquvchilardan 280,5 ming nafarini qizlar, 307,2 ming nafarini oʻgʻil bolalar tashkil qiladi

Foto: Review.uz<br>

Foto: Review.uz

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, umumtaʼlim muassasalariga 2021/2022-oʻquv yilida birinchi sinfga respublika boʻyicha jami 587,7 ming nafar oʻquvchi qabul qilingan.

Qayd etilishicha, qabul qilingan oʻquvchilardan 280,5 ming nafarini qizlar, 307,2 ming nafarini oʻgʻil bolalar tashkil qiladi.

2021/2022-oʻquv yilida umumtaʼlim muassasalariga birinchi sinfga qabul qilingan oʻquvchilar hududlar kesimida quyidagicha:

Oʻzbekiston Respublikasi – jami 587,7 ming nafar oʻquvchi. Ulardan 280,5 ming nafari qizlar, 307,2 ming nafari oʻgʻil bolalar;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi – jami 33,7 ming nafar oʻquvchi. Ulardan 16,2 ming nafari qizlar, 17,5 ming nafari oʻgʻil bolalar;

Andijon viloyati – jami 51,9 ming nafar oʻquvchi. Ulardan 24,7 ming nafari qizlar, 27,2 ming nafari oʻgʻil bolalar;

Buxoro viloyati – jami 25,6 ming nafar oʻquvchi. Ulardan 12,1 ming nafari qizlar, 13,5 ming nafari oʻgʻil bolalar;

Jizzax viloyati – jami 24,8 ming nafar oʻquvchi. Ulardan 11,9 ming nafari qizlar, 12,9 ming nafari oʻgʻil bolalar;

Qashqadaryo viloyati – jami 61,6 ming nafar oʻquvchi. Ulardan 29,4 ming nafari qizlar, 32,2 nafari oʻgʻil bolalar;

Navoiy viloyati – jami 17,9 ming nafar oʻquvchi. Ulardan 8,6 ming nafari qizlar, 9,3 ming nafari oʻgʻil bolalar;

Namangan viloyati –jami 50,9 ming nafar oʻquvchi. Ulardan 24,3 ming nafari qizlar, 26,6 ming nafari oʻgʻil bolalar;

Samarqand viloyati – jami 75,3 ming nafar oʻquvchi. Ulardan 36 ming nafari qizlar, 39,3 nafari oʻgʻil bolalar;

Surxondaryo viloyati – jami 53,2 ming nafar oʻquvchi. Ulardan 25,4 ming nafari qizlar, 27,8 nafari oʻgʻil bolalar;

Sirdaryo viloyati – jami 13,2 ming nafar oʻquvchi. Ulardan 6,2 ming nafari qizlar, 7 ming nafari oʻgʻil bolalar;

Toshkent viloyati – jami 45,6 nafar oʻquvchi. Ulardan 21,6 nafari qizlar, 24 ming nafari oʻgʻil bolalar;

Fargʻona viloyati – jami 62,4 ming nafar oʻquvchi. Ulardan 30,1 nafari qizlar, 32,3 ming nafari oʻgʻil bolalar;

Xorazm viloyati – jami 33,5 ming nafar oʻquvchi. Ulardan 16,2 ming nafari qizlar, 17,3 ming nafari oʻgʻil bolalar;

Toshkent shahri – jami 38,1 ming nafar oʻquvchi. Ulardan 17,8 ming nafari qizlar, 20,3 ming nafari oʻgʻil bolalar

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling