Foto: Yaplakal.com
Rossiya moda boʻyicha Shimoliy Koreya bilan hamkorlikda ishlamoqchi. Bu haqida Rossiyaning Pxenyandagi elchixonasiga tayanib "Ria.ru" xabar berdi.
Rossiya Shimoliy Koreyadan ustki va oyoq kiyimlari import qilinishi boshlanishi aytilmoqda. Biroq, elchixona bunday loyihalarning barchasi BMT talablariga qat'iy rioya qilgan holda amalga oshirilishi kerakligini ta'kidlaydi. Chunki Xavfsizlik Kengashining KXDRdan ayrim tovarlarni olib kirishni taqiqlovchi rezolyutsiyalari mavjud.
Ta'kidlanishicha, gap Rossiyaning KXDR bilan kiyim-kechak importi sohasida hamkorlikning boshlanishi haqida emas, balki uni qayta tiklash haqida ketmoqda.
Ma'lum bo'lishicha, 1980-90-yillarda davlatlar bu yo'nalishda faol hamkorlik qilganlar. Jumladan, Shimoliy Koreyaning o‘nlab korxonalari yiliga 300 mln rubldan ortiq yengil sanoat mahsulotlarini Rossiyaga yetkazib bergan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling