Toshkent hayvonot bog'iga panteralar olib kelindi — video

Ular xoda, taxtalar bilan jihozlangan, osti qum boʻlgan turli volerlarga joylashtirilgan

Foto: Videodan lavha<br>

Foto: Videodan lavha

Toshkent hayvonot bogʻida koʻp yillardan beri birinchi marta panteralar paydo boʻldi. Bu haqda hayvonot bogʻining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, toʻrt yoshli Tayfun va urgʻochi Bagira “Wildlife Care” hayvonot bogʻi boshqaruv kompaniyasi yordamida olib kelingan.

Ular xoda, taxtalar bilan jihozlangan, osti qum boʻlgan turli volyerlarga joylashtirilgan. Ichki qismi somon bilan izolyatsiya qilingan. Shuningdek, ular joylashtirilgan volyerlarda panteralar oʻynashlari uchun ular yirik qushlarning patlaridan yasalgan toʻp va oʻyinchoqlar mavjud.

Maʼlumotlarga koʻra, panteralar mol goʻshti yeyishadi, haftada bir marta ularga quyon beriladi, sut va tuxum ham dietaga qoʻshiladi.

Xabarda qayd etilishicha, vaqt oʻtishi bilan ular oʻzlari uchun maxsus moʻljallangan keng ochiq maydonlarga ega ajoyib ekspozitsiya volerlariga oʻtkaziladi.

Panteralarning terisi tim qora rangga ega — diqqat bilan qaralsa, unda dogʻlarni koʻrish mumkin. Tabiatda panteralar asosan yorugʻlik yetishmaydigan qalin oʻrmonlarda yashaydi. Tabiatda urgʻochilar odatda 30−50 kg, erkaklari esa 50−75 kg vazn bosadi.

Bu hayvonlar yolgʻiz turmush tarzini olib boradilar, faqat nasl qoldiradigan mavsumda uchrashadi. Urgʻochisi uch oylik homiladorlikdan soʻng, bir yoki ikkita, kam hollarda uchta bolani dunyoga keltiradi.

Ularning jussasi kichik boʻlishiga qaramay, yoʻlbars va sherlarga qaraganda xavfliroq hisoblanadi. chunki ular ancha faol va harakatchan boʻlishadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling