Foto: Marca
A Seriya doirasida oʻtgan “Udineze”ga qarshi oʻyindagi yirik magʻlubiyatdan keyin “Roma” ustozi Joze Mourinyu oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
“Ogʻir oʻyin, bunday bahslarda qanday oʻynash kerakligini biladigan qiyin raqib.
Uchrashuv boshida Paulo Dibalada gol urish uchun qulay imkoniyat tugʻildi. Natijani aytmasa, Paulo maydonda eng yaxshi futbolchi boʻldi.
Toʻrt marta 0:1 hisobidagi magʻlubiyatdan koʻra, bitta uchrashuvda 0:4 natijasi bilan yutqazishni afzal koʻraman, chunki yakunda biz 12 ochko emas, atigi 3 ochko yoʻqotdik”, deydi portugaliyalik.
Eslatib oʻtamiz, rimliklar mavsumdagi ilk magʻlubiyatini qabul qildi. Hozirda jamoa A Seriya turnir jadvalida 10 ochko bilan 5-oʻringa tushib qoldi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling