Foto: Repost.uz
O'zbekistonda 15-16-dekabr kunlari Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo harorati +9 darajagacha isiydi. Bu haqda O'zgidromet xabar bermoqda.
Respublikaning togʻli hududlarida havo harorati kunduzi +2...+7 daraja iliq, kechasi -2...-7 daraja sovuq boʻladi.
Oʻzbekiston boʻyicha 12-dekabr kuni yogʻingarchilik kutilmaydi, Buxoro, Navoiy, Samarqand viloyatlarining baʼzi joylarida biroz qor yogʻishi mumkin, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Kunduzi havo harorati 0...+3 darajagacha isiydi, faqat baʼzi joylarda biroz manfiy harorat saqlanib turadi.
13-dekabrdan boshlab antitsiklon taʼsiri asta-sekin kuchsizlashadi. Sovuq havo massasi nisbatan iliq havo bilan oʻrin almashadi. Havo harorati asta-sekin koʻtariladi va haftaning oxiriga kelib kechalari sovuq 0 darajagacha kuchsizlashadi, kunduz kunlari esa havo harorati +7...+10 daraja iliqgacha, baʼzi joylarda +14 darajagacha isiydi, bu haroratning oʻrtacha koʻp yillik qiymatlariga yaqindir.
Respublika boʻyicha baʼzi joylariga tuman tushishi kutilmoqda.
Maʼlumot uchun, joriy yilning 12-14-dekabr kunlari respublikaning togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi bor.