O'zbekistonlik quruvchi yigit Rossiyada balandlikdan yiqilib halok bo'ldi

arhum 25 yoshda boʻlgan

Foto: globallookpress.com

Foto: globallookpress.com

Rossiya Federatsiyasining Leningrad viloyati Vsevolojsk tumanida oʻzbekistonlik quruvchi balandlikdan qulab halok boʻldi. Bu haqda huquq-tartibod idoralaridagi manbalarga tayanib “78.ru” xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, mazkur hodisa Sverdlov qishlogʻidagi qurilish maydonchasida sodir boʻlgan. Unga koʻra, 25 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi balandlikdan qulab tushgan. Sodir boʻlgan hodisadan soʻng, jabrlanuvchi hamkasblari tomonidan yopiq joyga olib kelingan.

Yigit olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan. Xabarga koʻra, hozirda hodisa sabablari tekshirilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling