Jizzax viloyatida ichki ishlar organlari xodimi tungi navbatchilikka ketayotib, baxtsiz hodisa tufayli vafot etdi. Bu haqda IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 2-oktabr kuni 4P-38 “Jizzax-Gagarin” avtomagistral yoʻlida ichki ishlar xodimi avtomobil g‘ildiragining texnik shikastlanishi tufayli boshqaruvni yo‘qotgan. Shundan keyin avtomobil yo'lning o'ng tomonidagi dala chetida ag'darilgan. Mashina boshqaruvida boʻlgan leytenant voqea joyida vafot etdi.
Maʼlum qilinishicha, u “Paxta-2022” tadbirlari munosabati bilan Zarbdor tumani Yangikent kichik tumanida o‘rnatilgan nazorat-o‘tkazish punktida tungi navbatchilikka ketayotgan boʻlgan.
Maʼlumot uchun, 32 yoshli leytenant ichki ishlar organlarida 2020-yildan buyon xizmat qilgan, hozirgi lavozimida 2022-yil yanvar oyidan buyon ishlab kelayotgan edi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling