O'zbekistonda bank, kredit va sug'urta sohasi vakillari eng ko'p maosh oladi — statistika

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 24,9 foizga o'sgan

Foto: Repost.uz

Foto: Repost.uz

Davlat statistika qo'mitasi O'zbekistonda soha vakillarining o'rtacha ish haqi to'g'risida ma'lumot berdi.

2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 3,72 mln so‘mni tashkil etib, 2021-yilning mos davriga nisbatan 24,9 foizga o‘sgan.

Axborot va kommunikasiyalar sohasida 6,97 mln so‘m, tashish va saqlash 4,85 mln so‘m, sanoatda 4,7 mln so‘mga etib, respublika o‘rtacha ko‘rsatkichidan sezilarli darajada yuqoridir.

Ta’lim va sog‘liqni saqlash, shuningdek, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida o‘rtacha oylik ish haqining past darajasi mos ravishda 2,59 mln so‘m va 2,51 mln so‘mni tashkil etadi.

Soha bo‘yicha eng yuqori ish haqi:

9,73 mln so‘m — bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati;

6,97 mln so‘m — Axborot va aloqa;

4,85 mln so‘m — Tashish va saqlash;

4,7 mln so‘m — Sanoat;

4,49 mln so‘m — Qurilish;

3,66 mln so‘m — Savdo;

2,98 mln so‘m — San’at, ko‘ngilochar va dam olish;

2,93 mln so‘m — Turar joy va ovqatlanish xizmatlari;

2,59 mln so‘m — Ta’lim;

2,51 mln so‘m — Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohalariga to'g'ri kelgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling