Toshkentda 27 yoshli ayol 3 nafar farzandi va oʻzini 9-qavatdan tashlab yubordi

Bolalarning yoshi 5, 4 va 1 da. Bosh prokuratura holat yuzasidan maʼlumot berdi.

Videodan kadr

Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda Sergelida ayol 3 nafar farzandi bilan oʻzini 9-qavatdan pastga tashlagani haqida xabar tarqaldi. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov holat yuzasidan maʼlumot berdi.

Dastlabki maʼlumotga koʻra, Sergeli tumanida bugun, 3-aprel kuni soat taxminan 19:20 da 1996-yilda tugilgan A.D. oʻzi istiqomat qiladigan “dom”ning 9-kavatidan 5 va 4 yoshli farzandini tashlab yuborgan.

Shundan soʻng, qoʻliga bir yoshli farzandini olib, oʻzi ham pastga sakragan. Natijada, barchasi olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etishgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling