Xitoylik erkak lotereyada 30 mln dollar yutganini xotinidan berkitish uchun pulni olgani multfilm qahramoni kiyimida keldi

U xotini va farzandini dangasa bo'lib qolishidan qo'rqqani uchun shunday qilgan

Foto: Mash

Foto: Mash

Xitoylik erkak xotini va farzandidan lotereyadan 30 mln dollar yutganini yashiryapti, deb yozadi Asia One.

Mahalliy matbuotning yozishicha, lotereyada Li ismli (bunday ism Xitoyda millionlab uchraydi) erkak g‘olib bo‘lgan. G'olib mukofot pulini tantanali ravishda olganidan so'ng, u darhol uning bir qismini xayriya ishlariga topshirgan va anonimlikni saqlash uchun mukofotni qabul qilib olishga xitoyliklar multfilm qahramoni kostyumida tashrif buyurgan.

“Men yutug‘im haqida xotinim va bolamga aytmadim. Ular o'zlarini boshqalardan ustun bo'lib, qattiq ishlashni va o'qishni to'xtatib qo'yishidan xavotirdaman", — deb tushuntirgan lotareya g'olibi.

Xitoylik erkakning fikricha, pul xotini va bolalarini dangasa, takabbur qilib qo'yadi. Li tez-tez lotereya chiptalarini sotib olishini aytgan, biroq u bunday katta yutuq chiqishini tasavvur ham qilmagan.

"Men hali qaror qilganim yo'q va pulni qanday ishlatish haqida o'ylashim uchun biroz vaqt kerak bo'ladi", — deydi xitoylik.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling