Eronda ijtimoiy tarmoqlar bloklab qo'yilgach, VPN yuklab olish 3 ming foizga oshgani aytilmoqda — statistika

Shri-Lankada bu ko'rsatkich 17 ming foizni tashkil qilgan

Foto: english.almayadeen.net

Foto: english.almayadeen.net

Eron axloq politsiyasi tomonidan hibsga olinganidan keyin vafot etgan 22 yoshli Mahsa Aminining oʻlimi ortidan butun mamlakat boʻylab kuchayib borayotgan norozilikni bostirish maqsadida WhatsApp va Instagram tarmoqlarini blokladi.

22-sentabr WhatsApp hamda Instagram bloklanganidan bir kun o'tib, VPN yuklab olishga bo'lgan talab 28 kun avvalgiga qaraganda 2164 foizga oshgan.

Avvaldan Eronda norozilik namoyishlari va qoʻzgʻolonlarni kuchaytirishi mumkin boʻlgan aloqa va maʼlumot almashishni toʻxtatishga urinishda internet oʻchiriladi. Fuqarolar VPNʻlarni yuklab olish orqali bunday uzilishlarni aylanib oʻtishga harakat qilishadi.

"ToptenVPNs" maʼlumotlariga koʻra, Eronda VPNʻni yuklab olishga boʻlgan talab sentyabr oyida 3 ming foizdan koʻproqqa oshgan. Biroq, bu yil boshqa mamlakatlarda ham oʻsish kuzatilgan. Jumladan, Shri-Lankada 2022-yil 3-aprelda Facebook, YouTube, Twitter, Instagram va WhatsApp ijtimoiy media platformalari bloklanganda VPN yuklab olishlar soni 17 ming foizga oshgan.

Bu ko'rsatkichlar:

Qozog'istonda 3405 foiz;

Rossiyada 2692 foiz;

Ozarbayjonda 751 foiz;

Ukrainada esa 609 foizni tashkil qilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling