Foto: soy futbol
Diletta Leotta italiyalik tele-radio boshlovchisi. U 1991-yilda tug'ilgan va bu yil 31 yoshga to'ldi. Diletta Leotta o'zining ajoyib ko'rinishi va qomati bilan tezda mashhur bo'lib, ko'plab muxlislar e'tiborini tortgan. Aynan u borligi tufayli "DAZN" reytinglari tobora ortib bormoqda.
Diletta Leotta agar "Barselona" safarda "Bavariya"ni 3 tadan ko'p gol evaziga mag'lub eta olsa, "Kamp Nou"ga ikki tomonning ikkinchi davra o'yinini tomosha qilish uchun butunlay yalang'och holda borishini aytganidan so'ng ijtimoiy tarmoqlarda keng ko'lamdagi muhokamalarga sabab bo'ldi.

Foto: instagram/diletta_leotta
Ma'lumotlarga ko'ra, Diletta Leotta bo'yi 168 sm, vazni esa atigi 50 kg. Bunday balandlik va vazn nisbati unga mukammal qomat beradi.

Foto: instagram/diletta_leotta
Har safar u ko'rsatuvga mezbonlik qilganda, uning kiyinish uslubi va qomati barchaning diqqat e'tiborida bo'lishini ta'minlaydi.
Diletta oliy ma'lumotga ham ega. U Rimdagi Luis universitetida huquq fakultetini tamomlagan.
2012-yilda uning sof boyligi 100 ming dollar deb baholangan, 2021-yilda esa Diletta 2 mln dollar ishlab topgan. Har bir ko'rgazmada qatnashishdan kamida 50 ming dollar ishlab topadi.