Chilonzorda aholining e'tirozlariga sabab bo'lgan qurilish bo'lmasligi ma'lum qilindi

Tadbirkor kengashni aholi qurilishga rozi boʻldi deb ishontirgan

Foto: Chilonzor tumani hokimligi matbuot xizmati<br>

Foto: Chilonzor tumani hokimligi matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlarda Chilonzor tumanida qurilishi boshlanish arafasida turgan koʻp qavatli uy-joy binosi boʻyicha quruvchi-tadbirkor va IIB xodimi oʻrtasidagi baxsli holat yuzaga kelgani aks etgan video tarqalgan edi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev mazkur hududdagi qurilish ishlari toʻxtatilgani haqida maʼlum qildi.

Mazkur holat yuzasidan 8-oktyabr kuni Chilonzor tumanidagi i 184-sonli umumtaʼlim maktabi binosida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev, Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev va qator mutasaddilar hamda mazkur hududda qurilish boshlamoqchi boʻlgan tadbirkor ishtirokida murojaatchilar bilan uchrashuv oʻtkazilgan.

Uchrashuvda dastlab tadbirkorning qurilish haqidagi maʼlumotlari tinglangan. Murojaatchilarning eʼtirozlari ham oʻrganilgan.

Qayd etilishicha, bu joyga koʻp qavatli uy qurish uchun kompensatsiya oʻrniga yer olgan tadbirkor, shahar hokimi va qurilishga ruxsat beruvchi kengashga agar bitta fuqaro qurilishga norozi boʻlgan taqdirda, qurilishni darhol toʻxtatib, yerni topshirishga vaʼda berib, ruxsat olgan.

Maʼlum qilinishicha, tadbirkor kengashni aholi qurilishga rozi boʻlganiga ishontirgan. Shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev unga bu vaʼdani eslatganidan soʻng tadbirkor qurish rejasini toʻxtatishini aygan va baxsli masala shu bosqichda yakunlangan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling