Asal Shodiyeva 2022-yildagi eng baxtli kuni haqida gapirdi — foto

Maʼlum boʻlishicha voqealar uning farzandi tugʻilishi bilan bogʻliq

Foto: Instagram<br>

Foto: Instagram

Oʻzbek shou-biznesining yorqin namoyondasi kinoaktrisa Asal Shodiyeva Instagram sahifasi orqali muxlislarining qiziqtirgan savollariga javob berdi. Koʻplab muxlislar uning shaxsiy hayotiga qiziqish bildirgan.

Foydalanuvchilar tomonidan berilgan savollarning biri enaga mavzusida boʻldi. Aktrisaning soʻzlariga koʻra, Asal Shodiyevaning ham Shohruxxonning ham yoshlik vaqtlarida enagalari boʻlgan. Shuning uchun ular ham farzandlariga enaga yollashga qaror qilishgan.

Muxlislarning biri aktrisadan 2022-yildagi eng baxtli kun haqida soʻragan.

“2022-yilning eng baxtli kunlarimdan biri ikkinchi oʻgʻlim Yusufning dunyoga kelishidir. U yaqinda bir yoshga toʻladi”, — deb yozadi aktrisa.

Shuningdek, aktrisa tez orada sahnada koʻrinish berishi haqida ham aytib oʻtgan. Maʼlum boʻlishicha, bu hodisa turmush oʻrtogʻining konsert dasturida sodir boʻladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling