Ginnesning rekordlar kitobi vakillari dunyodagi eng keksa itning o'limini qayd etdi.
Ma'lum qilinishicha, Pebbls laqabli kuchuk 22 yoshda vafot etgan.
Qayd etilishicha, itning 23 yoshga kirishiga besh oy vaqt qolgan edi. Pebblsning egalarining so'zlariga qaraganda, u juda yaxshi hayot kechirgan.
"U kunlarini kantri musiqasi bilan o'tkazdi. Pebbls yangi mahsulotlarni sinab ko'rishni yaxshi ko'rardi. Uni nafaqat biz, balki atrofdagi boshqalar ham erkalashardi, yaxshi ko'rishardi", — deydi egalari.
Xabarga ko'ra, Pebblsning sherigi 2017-yilda vafot etgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling