Foto: RBK Ukraina
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy toʻsatdan AQSHga joʻnab ketgan. Harbiy ekspert Aleksey Sukonkin Ukraina prezidentining mazkur harakatlariga izoh berdi. Uning fikricha, Zelenskiyning Qoʻshma Shtatlarga qilgan safaridan koʻzlangan asosiy maqsad Ukraina Qurolli kuchlariga yetkazilayotgan talofotlarni kamaytirish boʻlgan.
Aleksey Sukonkin intervyusida Amerika elitasi oʻrtasida Kiyevga koʻrsatilayotgan yordamning miqdori borasidan kelishmoqchiliklar yuzaga kelgani va Vladimir Zelenskiy mazkur mojaroning hal qilinishida ishtirok etmoqchi ekanini aytgan.
“Hozirda AQSH elitasida Ukrainani qoʻllab-quvvatlash borasida kelishmovchiliklar bor, ular baribir Kiyevga yordam joʻnatishda davom etadi, ularning bahslari yordam paketlarini yuborish yoki yubormaslik bilan emas, balki paketning miqdori bilan bogʻliq. Pentagonning Ukrainaning imkoniyatlari toʻgʻrisidagi fikrlari asosida byudjet ajratilganiga qaramay, respublikachilar demokratlarga turli savollarni yogʻdira boshladi.
Albatta, Zelenskiy mazkur tortishuvlar oʻz mamlakati mudofaasida jiddiy muammolarni keltirib chiqarishini juda yaxshi tushungan va bunga tezroq barham berish kerakligini ham biladi. Bugan Rossiya prezidenti Vladimir Putin ishtirokida Mudofaa vazirligi kollegiyasi boʻlib oʻtishi ham bejizga emas. Biz katta ehtimol bilan yaqin kunlar, hatto yaqin soatlar ichida bir qancha jiddiy voqealarning guvohiga aylanamiz”, — deydi harbiy ekspert oʻz intervyusida.
Shuningdek, mutaxassis Rossiya Qurolli kuchlariga qarashli boʻlgan “Terminator” jangovar mashinalarining ortga qaytarilishi borasida ham oʻz fikrlarini bildirdi. Uning taʼkidlashicha, jangovar mashinalarning ortga qaytarilishiga sabab yangi texnikalarni ishlab chiqarish hajmi oshirilgani va qisman safarbar qilingani boʻlishi mumkin.
“Ehtimol Rossiya harbiy amaliyot oʻtkazilayotgan hududlardan katta bir harakatni boshlashni rejalashtirmoqda. Bu faqatgina qisman safarbarlik eʼlon qilish, ”Terminator“larning ortga qaytarilishi yoki yangi tanklarning ishlab chiqarilishi bilan bogʻliq emas, albatta. Bundan tashqari, Zelenskiyning Amerikaga uchib ketishi, ayrim shtatlarning Ukrainani qoʻllab-quvvatlay olmasligi va Amerika hamda Yevropadagi arsenallarning boʻshab qolishi toʻgʻrisidagi shubhalar Rossiyaning imkoniyatlarini oshirishi mumkin”, — deya Sukonkinning soʻzlaridan iqtibos keltirmoqda NEWS.ru nashri.
Shuningdek, ekspert Ukraina Qurolli kuchlari Bosh qoʻmondoni Valeriy Zalujniyning yaqinda Gʻarb ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusini esladi, u Kiyev tomonidan Ukraina janubi-sharqida rejalashtirilgan hujum operatsiyasi muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirilishiga shubha bilan qaradi.
Avvalroq Amerikaning CNN telekanali Zelenskiy Vashingtonga uchib ketgani haqida xabar bergan edi. Qayd etilishicha, u Germaniyadagi Ramshteyn aviabazasidan Amerika harbiy transport samolyotida ucha oladi. Bundan tashqari, Amerika nashri Ukraina rahbari BMTda nutq soʻzlashi mumkinligini taxmin qilgan, biroq xalqaro tashkilot matbuot xizmati bu maʼlumotni rad etgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling