Foto: NBC News
Ukrainaning Mustaqillik kunida Rossiya mamlakatning bir qancha hududlariga zarbalar uyushtirdi.
Maʼlum qilinishicha, Ukraina sharqidagi temir yoʻl vokzali va turar-joy hududlari nishonga olingan.
Zarbalar oqibatida 25 nafar tinch aholi halok boʻlgan. Maʼlumotlarga koʻra, ulardan besh nafari mashinada yonib ketgan.
Shuningdek, vafot etganlar orasida bir nafar oʻsmir va 6 yoshli bola ham borligi aytilmoqda. 11 yoshli oʻsmirning uyini rus raketasi vayron qilgan, u vayronalar orasidan topilgan.
Hujum oqibatida 50 ga yaqin odam jarohatlangan.
Shuningdek, Kiyevning shimolida joylashgan Vishgorod viloyatiga ham bir qancha raketa hujumlari uyushtirilgan. Mazkur hududda hozircha qurbonlar aniqlanmagan.
Maʼlumotlarga qaraganda, Rossiyaning ushbu harakati uchun urush qonunlari va urf-odatlarini buzish boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling