O‘zbekistonda olti yil ichida 6 mingga yaqin fuqaro afv etildi

Bu davrda 4,7 mingdan ortiq shaxsga oqlov hukmi chiqarilgan

Foto: Teznews

Foto: Teznews

2016-yildan buyon O‘zbekistonda prezident Shavkat Mirziyoyevning 22 ta farmoniga asosan 5 967 nafar shaxs afv etildi.

Ularning 1 910 nafari taqiqlangan tashkilotlarga aʼzo, 382 nafari ayollar, 162 nafari 60 yoshdan oshgan erkaklar, 230 nafari xorijiy fuqarolardir.

Mamlakatda afv etish institutini qo‘llash mustaqillik e’lon qilingan kundan boshlab amalga oshirilib kelinmoqda. Demak, 1991-2015-yillarda 359 nafar shaxs afv etilgan. Shunday qilib, so'nggi yillarda bu ko'rsatkich bir necha barobar oshdi.

Shu bilan birga, 2016-2022-yillarda 4 770 ta oqlov hukmi chiqarilgan bo‘lsa, shu davrda jami 418 ming 992 nafar fuqaroga nisbatan 322 ming 531 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan.

Aytish joizki, 2007-2015-yillarda sudlar tomonidan 688 ming 354 nafar shaxsga nisbatan 498 ming 730 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan bo‘lib, ulardan atigi 111 nafari oqlangan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling