Foto: Videodan lavha
Oʻzbekistonda Yangi yil bayrami kuni aholi xonadonlarida elektr energiyasi bilan bogʻliq muammolar boʻlmaydi. Bu haqda Oʻzbekiston energetika vaziri oʻrinbosari Sherzod Xodjayev maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, bayram kunlari, xususan Yangi yil kuni elektr energiyasiga boʻlgan talab sezilarli darajada pasayadi. Sababi maktab, bogʻcha, oliygohlar ishlamaydi. Koʻpgina ishlab chiqarish korxonalari oʻz faoliyatini vaqtincha toʻxtatadi. Bu orqali mavjud elektr energiyasining asosiy qismi aholiga va ayrim ijtimoiy soha obyektlariga yoʻnaltiriladi.
“Oʻylaymanki, yangi yil bayramida elektr taʼminotida hech qanday muammolar yuzaga kelmaydi. Agar joylarda avariyaviy holatlar yuzaga keladigan taqdirda, kunu tun ishlaydigan ishchi guruhlar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Ularda yetarli miqdorda material zahiralari bor. Agarda bunday holatlar yuzaga kelsa tezkorlik bilan bartaraf etilish taʼminlanadi", — deydi Sherzod Xodjayev.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling