Foto: Koreantimes
Janubiy Koreya poytaxtida Hellouin bayramini nishonlash vaqtida yuz bergan tiqilinch oqibatida 151 kishi halok boʻldi, ular orasida O‘zbekiston fuqarosi ham borligi aniqlandi. Bu haqda Korea Times nashri xabar bermoqda.
Qurbonlar orasida 19 nafar xorijlik, jumladan Eron, Xitoy va Norvegiya fuqarolari aniqlangan. Jarohatlanganlar soni ham 82 nafarga yetgan.
Koreya oʻt oʻchirish boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, halok boʻlganlarning 97 nafari ayollar, 54 nafari erkaklar, 355 nafari bedarak yoʻqolganlar haqida xabarlar kelib tushgan. Maʼlum boʻlishicha, qurbonlarning barchasi 20 yoshdan oshgan, ular orasida voyaga yetmaganlar bor-yoʻqligi hozircha aniqlanmagan.
Shu munosabat bilan O‘zbekistonning Koreyadagi elchixonasi zarur yordam ko‘rsatgan holda vatandoshlardan konsullikka murojaat qilishni so‘raydi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling